O‘zbekiston kubogi: gollarga boy o‘tgan uchrashuvda “Andijon” “Turon”ni mag‘lub etdi 

Sport

image

Bugun, 22 avgust kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston kubogi nimchorak final bahslaridan o‘rin olgan "Andijon" hamda "Turon" jamoalar o‘rtasidagi o‘yin bo‘lib o‘tdi. Qizg‘in kechgan uchrashuv andijonliklarning 3:2 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Birinchi bo‘limning 15 daqiqasida Shahboz Erkinov burchakdan uzatib berilgan to‘pni darvoza to‘riga joylab, andijonliklarni hisobda oldinga olib chiqdi. Birinchi goldan ikki daqiqa o‘tib, Erkinov dublni rasmiylashtirdi. Jamoalar 2:0 hisobida tanaffusga chiqishga yaqin turgan edi, biroq yaypanliklar posboni Nizomiddin Ziyovutddinov kulgili xatoga yo‘l qo‘ydi va Milochko Goron bo‘sh qolgan darvozani ishg‘ol qilib, o‘rtadagi farqni 3 taga oshirdi.

Ikkinchi taymda "Turon" birinchisiga nisbatan ancha faol harakat qildi. 56 daqiqada jarima maydonchasi ichida to‘pni qabul qilib olgan Humoyun Murtozayev hisobdagi farqni bittaga qisqartirdi.  Murtozayev 87 daqiqada dubl qayd etdi va tablodagi natija 3:2 ga o‘zgardi. Qolgan daqiqalarda "Turon" futbolchilari qanchalik harakat qilishmasin, hisobni tenglashtira olishmadi. Shu tariqa 3:2 hisobida g‘alabaga erishgan "Andijon" jamoasi futbol bo‘yicha O‘zbekiston kubogining chorak finaliga yo‘l oldi.

Ma’lumot uchun, ertaga, 23 avgust kuni O‘zbekiston kubogi nimchorak final bahslaridan o‘rin olgan "Paxtakor" – "Sho‘rtan", "Surxon" – "Nasaf" va "Olimpik" – "Navbahor" uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi.


Maqola muallifi

Teglar

"Turon" "Andijon"

Baholaganlar

16

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing