O‘zbekiston koronavirus tarqalmagan jozibador 16 davlat qatoriga kirdi

Olam

image
“Ishonmagin do‘stingga...” – Farg‘ona va Toshkentda koronavirus aniqlangani rostmi? north_east

“Ishonmagin do‘stingga...” – Farg‘ona va Toshkentda koronavirus aniqlangani rostmi?

Buyuk Britaniyaning taniqli “The Telegraph” gazetasi O‘zbekistonni sayohat qilish uchun koronavirusdan xoli, turistik jihatdan jozibador 16 mamlakat qatoriga qo‘shdi.

“Telegraph Travel” yozuvchisi Sara Uilerning so‘zlariga ko‘ra, “kattaligi Ispaniyadek keladigan bu davlat, o‘zidan nur va ajib go‘zallikni taratib turadi. Zamonaviy O‘zbekistonda Buyuk Ipak yo‘lining uch buyuk shahri (Buxoro, Xiva va Samarqand) va Tyanm-Shanm tog‘ massivi joylashgan”. 

Ushbu ro‘yxatga O‘zbekistondan tashqari Boliviya, Namibiya, Kuba, Turkiya, Mongoliya, Madagaskar, Peru, Maldiv orollari, Malta, Laos, Botsvana, Janubiy Afrika, Kolumbiya, Vengriya va Tanzaniyalar kirgan. 

Nashrda ta’kidlanishicha, ushbu mamlakatlarda koronavirus bilan kasallanish holati aniqlanmagan, shu bilan birga, u yerlarda ko‘rish mumkin bo‘lgan joylar talaygina. 


Maqola muallifi

Teglar

koronavirus The Telegraph

Baholaganlar

550

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing