O‘zbekiston Koreyani mag‘lub etib, chorak finalga yo‘l oldi
Sport
−
13 yanvar 6465 1 daqiqa
Bugun, 13 yanvar kuni O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Osiyo kubogidagi 3-tur doirasida Janubiy Koreyaga qarshi bahs olib bordi. Unda Ravshan Haydarov shogirdlari raqiblarini 2:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, musobaqaning pley-off bosqichiga yo‘l oldi.
Uchrashuvda hisob ikkinchi bo‘limning 48-daqiqasida ochildi. Behruz Karimovning goli O‘zbekistonni hisobda oldinga olib chiqqan bo‘lsa, 70-daqiqada esa Saidumarxon Saidnurullayevning goli hisobni 2:0 ko‘rinishga kelishini ta’minladi. O‘yin yakuniga qadar ushbu hisob saqlanib qoldi va Ravshan Haydarov shogirdlari guruh bosqichini muvaffaqiyatli yakunladi.
Ma’lumot uchun, Saudiya Arabistoni mezbonligida o‘tkazilayotgan musobaqada O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi 1-turda Livanga qarshi uchrashuvda Amirbek Saidov, Ravshan Xayrullayev va Sardor Bahromovning gollari evaziga 3:2 hisobida g‘alaba qozondi.
Ikkinchi turda esa Ravshan Haydarov shogirdlari Eronga qarshi bahsda 0:0 hisobida durang o‘ynadi.
Shu tariqa, O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi ikki g‘alaba va bir durrang qayd etgan holda “S” guruhida 1-o‘rin bilan musobaqaning chorak final bosqichiga yo‘l oldi.
Live
Barchasi