O‘zbekiston – KXDR o‘yiniga hakamlar tayinlandi
Sport
−
23 may 2019
3945Joriy yilning 7 iyun kuni O‘zbekiston milliy terma jamoasi Toshkentda Koreya Xalq Demokratik Respublikasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazishi haqida avval xabar berib o‘tgandik.
Mazkur o‘yinni turkmanistonlik Chorimurod Qurbonov boshqarib boradi. Unga qanotlarda Polvon Polvonov va Ahmad Begnazarov yordam berishadi. Bu haqda O‘FA Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Uchrashuv 7 iyun kuni soat 20:00da Toshkentdagi “Milliy” stadionda bo‘lib o‘tadi.
O‘rtoqlik o‘yini
7 iyun, “Milliy” stadioni.
O‘zbekiston – KXDR
Bosh hakam: Chorimurod Qurbonov
Referi assistenti: Polvon Polvonov
Referi assistenti: Ahmad Begnazarov
Oldinroq Turkiya – O‘zbekiston o‘yiniga serbiyalik hakamlar guruhi tayinlangani haqida ma’lum qilgan edik.
LiveBarchasi