O‘zbekiston kino san’ati og‘ir judolikka uchradi
Madaniyat-san’at
−
22 mart 2019 26992 1 daqiqa
O‘zbekiston Davlat san’at arbobi, kinossenarist Rixsivoy Muxammadjonov vafot etdi. Bu haqda jurnalist Shoira Hamro ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qildi.
Rixsivoy Muhammadjonov 1940 yil 30 noyabr kuni tug‘ilgan. 1962 yilda Toshkent davlat teatr va rassomchilik institutini, 1972 yilda Ssenariychilar va rejissyorlar oliy kursini tamomlagan.
Rixsivoy Muhammadjonov “Abdullajon”, “Suyunchi”, “Tangalik bolalar”, “Chinor ostidagi duel”, “Kambag‘al odamlar”, “Osmondagi bolalar 1, 2”, “Marjona”, “Sotqin” kabi mashhur filmlarda ssenariy muallifi bo‘lgan. “Kambag‘al odamlar”, “Oltin devor”, “Baribir hayot go‘zal”, “Osmon yaqin” kabi filmlar ssenariysining hammuallifi hisoblanadi.
Rixsivoy Muhammadjonov “Oltin Devor”, “Chol va nabira”, “Qaydasan muhabbat?” filmlarining rejissyori hisoblanadi.
QALAMPIR.UZ tahririyati marhumning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildiradi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025