O‘zbekiston XTTBdan olgan 500,0 mln AQSH dollari qarzini qanday uzmoqchi?

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jahon banki ishtirokida “O‘zbekistonda bozor islohotlarini qo‘llab-quvvatlash” loyihasini amalga oshirish choralari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga joylashtirildi

2019 yilning 19 iyul kuni “O‘zbekistonda bozor islohotlarini qo‘llab-quvvatlash” loyihasini amalga oshirish doirasida O‘zbekiston Respublikasi va Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki o‘rtasida byudjetni qo‘llab-quvvatlash uchun 500,0 mln AQSH dollari miqdorida besh yillik imtiyozli davrni hisobga olgan holda, so‘ndirish muddati 30 yil bo‘lgan Qarz bitimi imzolangan.

Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki qarz mablag‘lari O‘zbekiston Respublikasiga O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti xarajatlarini moliyalashtirish uchun ajratiladi.

Qaror bilan belgilanmoqdaki:

•    O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi loyihaning amalga oshirilishini umumiy muvofiqlashtirish va monitoring qilish, XTTB qarz mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanilishi yuzasidan ma’sul ijro etuvchi organ hisoblanadi;

•    loyihani amalga oshirish agentlari sifatida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, Davlat statistika qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hisoblanadi;

•    XTTB qarzini so‘ndirish, shuningdek qarz bo‘yicha foizlar, komissiyalar va boshqa xarajatlarni to‘lash bilan bog‘liq xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.

“O‘zbekistonda bozor islohotlarini qo‘llab-quvvatlash” loyihasini amalga oshirish doirasida XTTB qarzini so‘ndirish hamda u bo‘yicha foizlar va komissiyalarni to‘lash prognoz jadvali ilovaga muvofiq tasdiqlanadi.

Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – Moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov zimmasiga yuklanadi. 


Maqola muallifi

Teglar

Prezident qarori loyihasi

Baholaganlar

95

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing