O‘zbekiston XTTB va XMK aksiyalarini sotib oladi
Jamiyat
−
02 dekabr 2021
3461O‘zbekiston Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki hamda Xalqaro moliya korporatsiyasi ustav kapitalidagi qo‘shimcha aksiyalarga obuna bo‘lishi to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Hujjat bilan Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki (XTTB) hamda Xalqaro moliya korporatsiyasi (XMK) Boshqaruvchilar kengashi tomonidan 2018 yilda ushbu tashkilotlarning ustav kapitalini oshirish va a’zo mamlakatlarning qo‘shimcha aksiyalarga obuna bo‘lishlarini tashkil etish to‘g‘risida qaror qabul qilinganligi ma’lumot uchun qabul qilinadi.
Moliya vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining XTTB va XMKlarning ustav kapitalidagi mos ravishda umumiy qiymati $91,92 mln bo‘lgan qo‘shimcha 762 ta aksiyasi va umumiy qiymati $12,78 mln bo‘lgan qo‘shimcha 12 781 ta aksiyasiga obuna bo‘lish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullandi.
XTTB va XMKning qo‘shimcha aksiyalarini xarid qilish bo‘yicha O‘zbekiston tomonidan amalga oshiriladigan to‘lovlar jadvallari tasdiqlandi.
LiveBarchasi