O‘zbekiston xorijdan olayotgan qarzlar nimaga sarflanyapti?
Jamiyat
−
08 aprel 2022
6357O‘zbekistonning joriy yildagi qarzi jami 26,3 milliard dollarni tashkil qiladi. Shundan 2,7 milliard dollari ichki, 23,6 milliard dollari tashqi qarz hisoblanadi. Bu haqda Davlat qarzini boshqarish departamenti direktori Jasur Qarshiboyev ma’lum qildi.
Tashqi qarzning iqtisodiy tarmoqlar kesimida taqsimlanishi quyidagicha:
— 5,9 milliard dollari davlat byudjetini qo‘llab-quvvatlashga;
— 3,1 milliard dollari elektr-energiya tarmog‘iga;
— 2,9 milliard dollari energetika (neft-gaz);
— 2,6 milliard dollari transport va transport infratuzilmasiga;
— 2,4 milliard dollari qishloq va suv xo‘jaligiga;
— 2,1 milliard dollari uy-joy va kommunal sohaga;
— 1,2 milliard dollari tijorat banklariga;
— 1,2 milliard dollari kimyo sanoatiga;
— 0,7 milliard dollari ta’lim va sog‘liqni saqlash sohasiga;
— 0,2 milliard dollari telekommunikatsiya tarmog‘iga;
— 1,3 milliard dollari boshqa yo‘nalishlarga.
Avvalroq, Moliya vazirligi 2021 yil yakuniga bo‘yicha O‘zbekistonning yalpi tashqi qarzi birinchi marta 40 mlrd dollardan oshib 41,6 mlrd dollarni tashkil qilgani, tashqi qarzining o‘zi esa 21,1 milliarddan 23,4 milliardga ko‘payganini ma’lum qilgandi.
LiveBarchasi