O‘zbekistonga xorijdan eng ko‘p qaysi oziq-ovqat mahsuloti kiryapti?
Jamiyat
−
01 iyun 2022
13860O‘zbekiston joriy yilning yanvar-aprel oylarida import qilgan oziq-ovqat mahsulotlari reytingida bug‘doy yaqqol peshqadamlik qilmoqda. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari darak bermoqda.
O‘zbekistonga 2022 yilning yanvar-aprel oylarida import qilingan ayrim turdagi oziq-ovqat mahsulotlari qiymati:
• Bug‘doy – 281,4 mln. AQSH dollariga
• Shakarqamish – 119,6 mln. AQSH dollariga
• Margarin mahsulotlari – 113,3 mln. AQSH dollariga
• Qoramol go‘shti – 66,5 mln. AQSH dollariga
• Kartoshka – 46,8 mln. AQSH dollariga
• O‘simlik yog‘i – 44,8 mln. AQSH dollariga
• Kakao va shokolad – 39,4 mln. AQSH dollariga
• Bug‘doy uni – 38,5 mln. AQSH dollariga
• Sut mahsulotlari – 22,7 mln. AQSH dollariga
• Bolalar uchun oziq-ovqat mahsulotlari – 22,6 mln. AQSH dollariga
• Banan – 21,9 mln. AQSH dollariga
• Parranda go‘shti – 17,4 mln. AQSH dollariga
• Choy – 16,8 mln. AQSH dollariga
• Makkajo‘xori – 15 mln. AQSH dollariga
• Kofe – 11 mln. AQSH dollariga
• Mandarin – 9,1 mln. AQSH dollariga
Joriy yilning yanvar-aprel oylarida O‘zbekistonning oziq-ovqat mahsulotlari importida yuqori ulushga ega bo‘lgan davlatlar:
• Qozog‘iston – 38,2 foiz;
• Rossiya – 25,2 foiz;
• Braziliya – 11,3 foiz;
• Belarus – 4,4 foiz;
• Pokiston – 3,5 foiz;
• Boshqa davlatlar – 17,4 foiz.
LiveBarchasi