O‘zbekiston xorijdan eng ko‘p qanday mahsulotlar sotib olyapti?

Jamiyat

image

O‘zbekiston yanvar sentyabr oylarida chetdan 513 mln dollarlik bug‘doy import qildi. G‘alla import mahsulotlar ichida yetakchisi bo‘lib turibdi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

Joriy yilning o‘tgan to‘qqiz oyida bug‘doydan tashqari, O‘zbekistonning oziq-ovqat mahsulotlari importida shakarqamish, margarin mahsulotlari, qoramol go‘shti, o‘simlik yog‘i ham yetakchilardan bo‘lgan.

O‘zbekistonga 2022 yilning yanvar-sentyabr oylarida import qilingan ayrim turdagi oziq-ovqat mahsulotlari qiymati:

•    Bug‘doy – 513 mln. AQSH dollariga
•    Shakarqamish – 351 mln. AQSH dollariga
•    Margarin mahsulotlari – 204 mln. AQSH dollariga
•    Qoramol go‘shti – 163 mln. AQSH dollariga
•    O‘simlik yog‘i – 160 mln. AQSH dollariga
•    Bug‘doy uni – 95 mln. AQSH dollariga
•    Kakao va shokolad – 86 mln. AQSH dollariga
•    Kartoshka – 60 mln. AQSH dollariga
•    Sut mahsulotlari – 60 mln. AQSH dollariga
•    Bolalar uchun oziq-ovqat mahsulotlari – 55 mln. AQSH dollariga
•    Banan – 40 mln. AQSH dollariga
•    Choy – 34 mln. AQSH dollariga
•    Parranda go‘shti – 33 mln. AQSH dollariga
•    Makkajo‘xori – 24 mln. AQSH dollariga
•    Kofe – 23 mln. AQSH dollariga
•    Qandolat mahsulotlari – 21 mln. AQSH dollariga

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yilning yanvar-sentyabr oylarida oziq-ovqat mahsulotlari importida yuqori ulushga ega bo‘lgan davlatlar:

•    Qozog‘iston – 36,2 %;
•    Rossiya – 24 %;
•    Braziliya – 14,7 %;
•    Belarus – 4,3 %;
•    Pokiston – 2,2 %;
•    Ekvador – 1,6 %;
•    Xitoy – 1,6 %;
•    Turkiya – 1,4 %;
•    Hindiston – 1,2 %;
•    Malayziya – 1 %;
•    Boshqa davlatlar – 11,8 %.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

242

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing