O‘zbekiston xitoylik mutaxassislar bilan koronavirusga qarshi kurashda yangi shartnomani imzoladi

Jamiyat

image

Bugun, 4 sentyabr kuni Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov O‘zbekistonda bo‘lib turgan xitoylik shifokor va mutaxassislardan iborat delegatsiya bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashda hamkorlik bo‘yicha yangi shartnoma imzolandi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Ikki davlat shifokorlari o‘rtasidagi uchrashuvda Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda “Beizhong Yilin Pharm Tech (Beijing) Co. Ltd.” farmatsevtika kompaniyasi o‘rtasida xalq tabobatini rivojlantirish, bu borada ilmiy izlanishlar olib borish hamda o‘zaro hamkorlikni yanada kengaytirish bo‘yicha shartnoma imzolangan. Unda mamlakatda xalq tabobatini rivojlantirish borasida qator vazifalar belgilab olingan.

Jumladan, o‘zbek va xitoy xalq tabobatini o‘zaro uyg‘unlashtirib, sohada samarali qo‘shma loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish, ham tashxis qo‘yishda, ham davolashda unumli foydalanish belgilab olingan. 

Uchrashuv so‘nggida xitoylik mutaxassislar tomonidan COVID-19 ga qarshi Xitoyda muvaffaqiyatli qo‘llanilgan an’anaviy xitoy tabobati usulida tayyorlangan dori vositalarining dastlabki qismi taqdim etilgan.

Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekiston yukoronavirusga qarshi kurashda bugungacha Germaniya, Turkiya, Yaponiya va Janubiy Koreya bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatgan.

Ahrorbek Hayrullayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

70

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing