O‘zbekiston Xitoydagi fuqarolarini qachon ortga qaytarishi ma’lum bo‘ldi

Jamiyat

image

Xitoydagi O‘zbekiston fuqarolarini Vatanga qaytarish uchun charter reys tashkil qilish ustida ish olib borilyapti. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Matbuot xizmati ma’lum qildi.

“Hamyurtlarimizdan 2020 yil 1 fevraldan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida aviaqatnovlar to‘xtatilganiga doir ko‘plab murojaatlar kelib tushayotgani munosabati bilan Tashqi ishlar vazirligi Xitoy tomoni bilan charter reyslar tashkillashtirish masalasi ustida ish ketayotganini ma’lum qiladi”, deyilgan vazirlik xabarida.

Charter reyslar maqsadi xizmat safari va ta’lim olish maqsadida Xitoy hududida (jumladan Uhan shahrida) bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolarini evakuatsiya qilishdan iborat. 

Ma’lum qilinishicha, O‘zbekistonning Pekin shahridagi elchixonasi ma’lumotiga binoan 1-fevral holatiga ko‘ra Uhan shahrida 81 nafar yurtdoshimiz bor. Ular bilan telefon orqali aloqa o‘rnatilgan hamda “WeChat” ijtimoiy tarmog‘i (“Wuhan 2020 Uzbekistan”, “Embassy of Uzbekistan” va “Uzbekistan students №1» guruhlari) orqali muloqot amalga oshirilmoqda. 

“Pekin shahridan Toshkent shahriga charter reyslar 4 va 5 fevral kunlari aeroportning 2-terminaldan amalga oshirilishi rejalashtirilmoqda. O‘zbekiston fuqarolaridan 3 fevral kuni Pekin shahriga kelishlarini so‘raymiz. Boshqa reyslar sanasi bo‘yicha qo‘shimcha xabar beriladi”, deyiladi vazirlik xabarida.

Elchixona Xitoy hududida bo‘lib turgan va qiyin vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonliklarga har tomonlama yordam ko‘rsatish hamda koronavirusning yangi shakli (2019-nCoV) bilan bog‘liq vaziyatni monitoring qilish bo‘yicha tezkor Shtab faoliyat ko‘rsatayotganini ma’lum qildi. 

Bog‘lanish uchun ma’lumotlar

O‘zbekiston Respublikasining Xitoydagi elchixonasi konsullik bo‘limi: 
Aziz Xilvatov +86 138 1120 4471
Bobur Yahyoyev +86 135 1102 4242

O‘zbekiston Respublikasining Xitoydagi elchixonasi xodimlari: 
Nuriddin Ubaydullayev +86 139 10 85 7245
Nodir Nurmatov +86 158 1047 7270
Shuhrat Umirov + 86 139 1175 4476
Rustam Nazarov +86 138 0122 1452
Akmalxon Olimxonov +86 185 0017 0040
Mansur Ibrohimov +86 135 5220 7848
Sardor Sirojov +86 186 1812 9040
Avaz Kamalov +86 178 1070 2707
Tashqi ishlar vazirligi +998 71-233-69-46,
Call-Center1164


Maqola muallifi

Teglar

Xitoy virus

Baholaganlar

213

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing