O‘zbekiston xalq shoiri Jamol Kamol vafot etdi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, O‘zbekiston xalq shoiri Jamol Kamol 84 yoshida vafot etdi.

Jamol Kamol 1938 yil Buxoro viloyati Shofirkon tumanida tug‘ilgan.

U 1991–1996 yillarda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasiga raislik qilgan. Jamol Kamol o‘ndan ortiq she’riy to‘plamlar hamda “Jamila”, “Tosh tug‘yon”, “Eshikda oy to‘lqini”, “Armon”, “Varaxsha”, “Hasan va oy”, “Rajab Ashurov dostoni”, “Quyosh chashmasi”, “Shahribonu” kabi dostonlar ijodkori, jamiyat hayotining turli muammolariga bag‘ishlangan ko‘plab dolzarb maqolalar muallifi, publitsist, adib edi.

2019 yilda Jamol Kamol asarlarining 6 jildli saylanmasi nashr etilishi o‘zbek adabiyoti tarixidagi yorqin voqea bo‘ldi. Jamol Kamol taniqli adabiyotshunos olim, filologiya fanlari nomzodi, ikki jildlik “Adabiyot nazariyasi” va ikki jildlik “O‘zbek adabiy tanqidi tarixi” akademik kitoblari hammualliflaridan biri. “Lirik she’riyat”, “Tarixiy drama” nomli ilmiy risolalari bor.

Ijodiy faoliyati davomida u Rumiy, Shekspir, Pushkin va boshqa taniqli adiblar asarlarini o‘zbek tiliga mohir tarjima qilgan.

QALAMPIR.UZ tahririyati marhumning yaqinlari va oila a’zolariga hamdardlik bildiradi.


Maqola muallifi

Teglar

Jamol Kamol

Baholaganlar

199

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar