O‘zbekiston xalq shoiri To‘lan Nizom olamdan o‘tdi

Madaniyat-san’at

image

Bugun, 10 dekabr kuni O‘zbekiston xalq shoiri To‘lan Nizom 82 yoshida vafot etdi. 

To‘lan Nizom (asl ism-sharifi Nizomiddinov To‘lanboy) 1939 yil 17 avgustda Andijon viloyati, Bo‘z tumanining (hozirgi Bo‘ston) Beshgul qishlog‘ida tug‘ilgan. 1965 yilda Andijon pedagogika institutini tugatgan. 1983-85 yillarda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Andijon viloyat bo‘limida mas’ul kotib, 1985-2001 yillarda Bo‘z pedagogika bilim yurtida direktor bo‘lib ishlagan.

Ijodkorning ilk she’riy to‘plami – “Sening ertaklaring” 1970 yilda nashr etilgan. Shundan so‘ng To‘lan Nizomning “Iftixor” (1982), “Oy qizlar” (1988), “Muqaddas ruh” (1993), “Vatan tuyg‘usi” (1993), “Chaman ichra”, “Aks-sado”, “Intizorlik” (1994), “Dahr bog‘i” (1995), “Saylanma” (1998) kabi she’riy to‘plamlari e’lon qilingan.

Shoir 1998 yilda O‘zbekiston xalq shoiri, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan xalq ta’limi xodimi unvoni bilan taqdirlangan. Xalqaro Cho‘lpon va Bobur mukofotlari laureati. “Mehnat shuhrati” (2003) va “El-yurt hurmati” (2008) ordenlari sohibi hisoblanadi.

QALAMPIR.UZ tahririyati jamoasi marhumning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur ta’ziya izhor etadi.


Maqola muallifi

Teglar

To'lan Nizom

Baholaganlar

114

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar