O‘zbekiston xalq artisti Yoqub Ahmedov vafot etdi

Madaniyat-san’at

image

Bugun, 30 oktyabr kuni O‘zbekiston xalq artisti, O‘zbekiston Respublikasi Teatr arboblari uyushmasi raisi, O‘zbek Milliy Akademik drama teatri va kino aktyori, “Do‘stlik” ordeni sohibi, dublyaj ustasi Yoqub Ahmedov 87 yoshida vafot etdi. Bu haqda Teatr arboblari uyushmasi xabar berdi.

Ma’lumot uchun, teatr va kino aktyori, O‘zbekiston Respublikasi Teatr arboblari uyushmasi raisi, O‘zbekiston xalq artisti Yoqub Ahmedov 1938 yilning 3 yanvar kuni Namangan shahrida tug‘ilgan. U Ostrovskiy nomidagi Toshkent teatr va rassomlik san’ati institutini tugatgach, 1958 yildan beri Hamza nomidagi O‘zbek Davlat (hozirgi O‘zbek Milliy) akademik drama teatrida aktyor, so‘ngra teatr direktori lavozimida ishlagan. Ahmedov mazkur jamoada ishlash jarayonida ellikdan ortiq spektakllarda asosiy rollarni mahorat bilan talqin etgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Prezidentining davlat maslahatchisi, O‘zbekiston Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari – qishloq va suv xo‘jaligi vaziri lavozimlarida faoliyat yuritgan atoqli davlat va jamoat arbobi Ismoil Jo‘rabekov 94 yoshida vafot etgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Yoqub Ahmedov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar