O‘zbekiston xalq artisti Bobomurod Hamdamov vafot etdi
Madaniyat-san’at
−
03 Sentabr
24491O‘zbekiston, Turkmaniston va Qoraqalpog‘iston Respublikasi xalq artisti Bobomurod Hamdamov 84 yoshida vafot etdi. Bu haqda Madaniyat vazirligi xabar berdi.
“Bobomurod Hamdamov o‘zbek milliy qo‘shiqchilik san’atining rivojlanishida salmoqli hissa qo‘shib, bir nechta o‘lmas asarlar yaratdi va tomoshabinlar olqishiga sazovor bo‘ldi. Ayniqsa uning “Sulton Jaloliddin”, “Kim ekan”, “Devona”, “Galdimu”, “Qo‘rqdim” kabi qo‘shiqlari keng ommalashib, xalq qalbida munosib o‘rin egalladi”, deyiladi xabarda.
Bobomurod Hamdamov buyuk hofiz Komiljon Otaniyozovning munosib izdoshi edi. Uning qo‘shiqlari va ijodi o‘zbek san’atining “oltin fondi”ga kiritilgan bo‘lib, yorqin xotirasi muxlislar qalbida mangu yashaydi.
Ma’lumot uchun, Bobomurod Hamdamov 1940 yil Turkmanistonning Chorjo‘y shahrida tug‘ilgan. U asosan 4 tilda: o‘zbek, turkman, tojik va hind tilida xalq qo‘shiqlarini ijro etgan. O‘rta maktabni tugatgandan keyin ko‘tarma kranchilar tayyorlaydigan qisqa kursni bitirib, qurilishga ishga kirgan. Ammo qo‘shiq aytishni yaxshi ko‘rgani uchun dastlab hindcha qo‘shiqlar aytgan, Komiljon Otaniyozovning Toshog‘uzdagi ansamblida ishlagan.
LiveBarchasi