O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi dunyoning TOP oliygohlari reytingiga kiritildi

Jamiyat

image

Buyuk Britaniyaning oliy ta’lim sohasiga oid muhim masalalarni yorituvchi va universitetlar faoliyatini baholab boruvchi Times Higher Education tashkiloti o‘zining navbatdagi THE Impact Ranking reytingi natijalarini e’lon qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, jami 20 ming OTMda olib borilgan o‘rganishlar natijasida bu galgi reytingga faqat 1115 ta OTM kiritilgan. 

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita Axborot xizmatining xabariga ko‘ra, mazkur reytingda O‘zbekiston OTMlari ichida O‘zbekistonda Xalqaro islom akademiyasi uchinchi bo‘lib, 47,5 ball bilan 801-1000+ guruhiga kiritilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent davlat yuridik universiteti dunyoning TOP-500 oliygohlari ro‘yxatiga kiritilgani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

300

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing