O‘zbekiston “Katta Dubulg‘a” turnirini kuchli uchlikda yakunladi

Sport

image

Kecha, 1 mart kuni Toshkentda dzyudo bo‘yicha “Katta Dubulg‘a” turnirini o‘z yakuniga yetdi. Unda o‘zbekistonlik umumjamoa hisobida 8 ta medal bilan kuchli uchlikdan joy oldi.

Musobaqaning so‘ngi kunida -100 kg vazn toifasida finalgacha yetib borgan Ernazar Sarsonboyev kumush, +78 kg vazn toifasida qatnashgan Umida Nig‘matova bronza, musobaqaning so‘nggi bahsida +100 kg vazn toifasida ishtirok etgan Alisher Yusupov kumush medal bilan taqdirlandi.

Terma jamoa safidagi yagona oltin medalni joriy yilning 27 fevral kuni bahslarda ayollar o‘rtasida -57 kg vazn toifasida ishtirok etgan Shukurjon Aminova qo‘lga kiritgan edi.

Shu tariqa, o‘zbekistonlik dzyudochilar “Katta Dubulg‘a” turnirida 1 ta oltin, 3 ta kumush va 4 ta bronza medallariga ega chiqishdi. Medallar jamg‘arishda yaponiyalik dzyudochilar yetakchilik qildi. Ular turnirda 4 oltin 3 kumush va 7 ta bronza medalga ega chiqib, umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi. Ozarbayjon esa 4 ta oltin 1 ta kumush 2 ta bronza medal bilan 2-o‘rinni egalladi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent dzyudo “Katta Dubulg'a”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing