O‘zbekiston qo‘shnilari bilan kuz va qishda elektr energiyasi yetkazib berish masalasini gaplashib oldi
Jamiyat
−
28 avgust 2023 5536 1 daqiqa
Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekiston vakillari kuz-qish mavsumida o‘zaro elektr energiyasini yetkazib berish masalalarini muhokama qildi. Bu haqda Qozog‘iston Respublikasi Energetika vazirligi xabar berdi.

25-26 avgust kunlari Astana shahrida Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekiston energetika va suv xo‘jaligi vazirliklari vakillarining suv-energetika sohasidagi hamkorlik masalalari muhokamasiga bag‘ishlangan uchrashuvi bo‘lib o‘tgan. Uchrashuvda kelgusi kuz-qish mavsumida elektr energiyasi ta’minoti, boshqa sohalardagi hamkorlik masalalari muhokama etilgan. Bir qator o‘zaro kelishuvlarga erishilib, yetkazib berish hajmi va muddatlari belgilangan.

Shuningdek, tomonlar elektr energiyasining soatlik hisobini yuritish mexanizmini joriy etish imkoniyatlarini ishlab chiqish, tadbirkorlik sub’ektlari o‘rtasida rejadan tashqari oqimlarni tartibga solishga oid shartnomalar tuzish va bu bo‘yicha bitimlarning mavjud talablarini qayta ko‘rib chiqishga kelishib olgan.

Ishtirokchilar ilgari qabul qilingan majburiyatlarni bajarish shartlarini ham tasdiqlagan.
Ma’lumot o‘rnida, suv va energetika idoralari vakillarining navbatdagi yig‘ilishi 2023 yil noyabrda Bishkekda bo‘lib o‘tadi.
Akobir Sayidov
Live
Barchasi