O‘zbekistonda qo‘llanilgan vaksinalar 4,5 mln dozaga yaqinlashdi

Jamiyat

−

image

Koronavirusga qarshi emlash ishlari boshlangandan beri O‘zbekistonda jami 4,5 million dozaga yaqin vaksina qo‘llanildi. Bu haqda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Kecha, 7 iyulda mamlakat hududlari bo‘ylab 131143 doza COVID-19 ga qarshi vaksina qo‘llanildi. 

Ulardan:

  • 1-bosqich emlanganlar 89913 nafarni, 
  • 2-bosqich emlanganlar 21550 nafarni,
  • 3-bosqich emlanganlar 19680 nafarni tashkil qildi.

Ayni kungacha mamlakatda jami 4492365 doza vaksinadan foydalanildi.

Ulardan:

  • 1-bosqich emlanganlar 2680533 nafarni, 
  • 2-bosqichda emlanganlar 1369932 nafarni,
  • 3-bosqich emlanganlar 441900 nafarni tashkil qildi. 

7 iyul kunidagi emlash ko‘rsatkichlari bo‘yicha yuqori o‘rinlarni:

  • Farg‘ona viloyati (21658 doza),
  • Namangan viloyati (19104 doza),
  • Andijon viloyati (18070 doza) band qildi. 

Jami emlashlar bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichlar:

  • Namangan viloyatida 554976 doza, 
  • Farg‘ona viloyatida 537255 doza, 
  • Andijon viloyatida 515548 dozani tashkil qilmoqda. 

Emlash jarayonlari davom etadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

19

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing