O‘zbekiston Qozog‘istonga 16 mlrd kub metr suv yuboradi

Jamiyat

image

O‘zbekiston joriy yilning 1 oktyabriga qadar Qozog‘istonga 16 milliard kub metr suv jo‘natadi. Bu haqda bugun, 5 fevral kuni O‘zbekiston Suv xo‘jaligi vaziri Shavkat Hamroyev hamda Qozog‘iston Suv xo‘jaligi va irrigatsiya vaziri Nurjan Nurjigitov ikki tomonlama suv hamkorligini chuqurlashtirish bo‘yicha qo‘shma ishchi guruhining 12-yig‘ilishida ma’lum qildi.  

Qayd etilishicha, o‘tgan yili O‘zbekistondan Qozog‘istonga 15 mlrd kub metr suv yuborilgan. Joriy suv xo‘jaligi yilida bu hajm 1 mlrd kub metrga oshishi kutilmoqda. Shuningdek, O‘zbekiston tomoni 2025 yil sug‘orish mavsumida “Do‘stlik” kanali orqali barqaror suv ta’minotini ta’minlashga yordam beradi.

Bundan tashqari, vazirlar davlatlararo kanallarda ta’mirlash ishlarini birgalikda amalga oshirishga kelishib oldi. Bu kelishuv Qozog‘istonning Turkiston viloyati va O‘zbekistonning Jizzax viloyati fermerlariga suv yetkazib berishni yaxshilaydi.

“Muhokama qilingan yana bir mavzu Sirdaryo daryosida suv hisobini avtomatlashtirish bo‘ldi. Ilgari biz bunday tizimlar o‘rnatiladigan mamlakatlarning har birida 5 tadan 10 tagacha birinchi nuqtani aniqladik. Bugungi kunda loyihaning texnik-iqtisodiy asosini ishlab chiqish uchun texnik topshiriqni kelishib oldik. Fevral oyida qo‘shma ishchi guruhning xalqaro tashkilotlar vakillari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tadi va keyingi qo‘shma harakatlar muhokama qilinadi”, deydi Nurjan Nurjigitov.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq 2025 yilning apreligacha Qozog‘istonga Sirdaryodan 11 milliard kub metr suv va’da qilingandi.  

Mohimbegim Ma’rufaliyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Qozog'iston O'zbekiston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing