O‘zbekiston Qozog‘istondan eskirgan kiyimlar sotib olayotgani ochiqlandi
Jamiyat
−
15 iyun 2023
49205Qozog‘istondan kiyilgan kiyimlarni sotib olish bo‘yicha O‘zbekiston Tojikistondan keyingi ikkinchi o‘rinda turishi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda “Tengrinews.kz” nashri xabar berdi.
Keltirilishicha, so‘nggi yillarda Qozog‘istonda eskirgan kiyimlar savdosi 60 barobar oshgan. Mamlakat moliya vazirligining Davlat daromadlari qo‘mitasining statistik ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yilda kiyilgan 50 ming tonnadan ortiq kiyim-kechak, poyabzal va aksessuarlar eksport qilingan. Shunday qilib, Qozog‘iston eskirgan kiyim-kechak eksportini oshirmoqda.
Tojikiston qozoq kiyimlarining asosiy iste’molchisiga aylangan. Ya’ni barcha eski kiyimlarning 98 foizini bu mamlakat import qilmoqda, qolganini O‘zbekiston sotib olyapti.
Import bo‘yicha bojxona statistikasiga ko‘ra, oxirgi besh yil davomida Qozog‘istonga ikkinchi qo‘l iste’mol tovarlarining asosiy qismi Yevropa davlatlaridan: Niderlandiya, Germaniya va hatto Belgiya va Finlyandiyadan olib kelingan. Ba’zi tovarlar Rossiyadan keltiriladi. Birgina o‘tgan yilning o‘zida mamlakatga qariyb 2 ming tonna eskirgan mahsulot olib kirilgan.
LiveBarchasi