O‘zbekiston Qozog‘iston bug‘doyining asosiy xaridori bo‘ldi

Jamiyat

image

Joriy yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekiston Qozog‘istondan 622,9 ming tonna bug‘doy import qildi. Bu haqda LS xabar berdi.

Qozog‘iston 2019 yilning birinchi choragida 1,7 tonna bug‘doy eksport qilgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yildagi analogik davrga solishtirganda 3,1 foizga ortgan.

Eksport qilingan bug‘doyning umumiy qiymati 297,8 mln dollarni tashkil qilgan.

O‘zbekiston 96,3 mln dollarga 622,9 ming tonna bug‘doy xarid qilgan. Tojikiston 46,4 mln dollarga 252,5 ming tonna, Ozarbayjon 37 mln dollarga 195,4 ming tonna, Afg‘oniston 19,5 mln dollarga 106,1 ming tonna, Xitoy 16,9 mln dollarga 83,4 ming tonna, Turkmaniston 14,2 mln dollarga 79,1 ming tonna, Italiya 13,9 mln dollarga 71,5 ming tonna bug‘doy sotib olgan.

Qozog‘iston uch oy davomida 89,2 mln dollarlik 419,4 ming tonna un sotgan. Mazkur tovarning asosy xaridorlari Afg‘oniston (58,2 mln dollarga 261,9 tonna) va O‘zbekiston (18,4 mln dollarga 104,6 ming tonna) bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston bug'doy

Baholaganlar

16

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing