O‘zbekiston qovun va tarvuz eksportidan qancha daromad qilgan?
Jamiyat
−
03 avgust 2021
17165Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021 yilning 6 oyida O‘zbekiston xorijga qiymati 7,4 million AQSH dollariga teng bo‘lgan 22,8 ming tonna qovun va tarvuz eksport qilgan.
Bu yil mamlakatda yetishtirilgan qovun va tarvuzlar 14 ta xorijiy davlatlar bozorlariga yetkazib berilgan bo‘lib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 18,5 ming tonnaga ya’ni qariyb 5,3 baravarga oshgan.
O‘tgan 6 oy mobaynida O‘zbekiston eng ko‘p quyidagi davlatlarga qovun va tarvuz eksport qilgan:
- Qozog‘iston – 11,8 ming tonna;
- Rossiya – 6,3 ming tonna;
- Qirg‘iz R. – 2,9 ming tonna;
- Belarus – 527,0 tonna;
- Latviya – 524,0 tonna;
- Ukraina – 484,2 tonna;
- Germaniya – 131,2 tonna;
- Moldova – 59,5 tonna.
LiveBarchasi