O‘zbekiston Qobulda yuz bergan terroristik xurujlarni qat’iyan qoraladi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Qobul shahrida sodir etilgan va ko‘plab insonlarning hayotiga zomin bo‘lgan terroristik xurujlarni qat’iyan qoralaydi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi e’lon qilgan bayonotda so‘z boradi

“Afg‘onistondagi barcha tomonlarni milliy yarashuv va kelishuvga erishish, ko‘p millatli Afg‘oniston xalqi manfaatlari yo‘lida mamlakatda barqaror va uzoq muddatli tinchlik o‘rnatish maqsadida bosiqlik va konstruktiv yondoshuv namoyon etishga chorlaymiz”, deyiladi bayonotda. 

Shuningdek, bayonotda O‘zbekiston tomoni Qobulda yuz bergan shavqatsiz hujumlarda qurbon bo‘lganlar va jabr ko‘rganlarning oilalariga samimiy hamdardlik izhor etgan.

“O‘zbekiston bundan keyin ham afg‘onlararo siyosiy jarayonni har tomonlama qo‘llab-quvvatlab, Afg‘onistonda tinchlik-osoyishtalik va farovonlikka erishishda keng ko‘lamli yordam ko‘rsatishda davom etadi, deyiladi bayonotda. 

Eslatib o‘tamiz, kecha, 26 avgust kuni Afg‘oniston poytaxti Qobul shahri aeroportida ketma-ket uchta portlash yuz berdi. Terrorchilik harakati, deya baholangan ushbu falokat oqibatida 150 dan ortiq odam jarohatlangan, 100 dan ziyodi halok bo‘lgan. Qurbonlar soni ortmoqda. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

117

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing