O‘zbekiston Qobul va “Tolibon” bilan muzokara olib bormoqda — TIV
Jamiyat
−
15 avgust 2021
13795O‘zbekiston hukumati Afg‘onistonning amaldagi hukumat va “Tolibon” harakati bilan muzokaralar o‘tkazmoqda. TIV vakili bu ma’lumotni QALAMPIR.UZ’ga tasdiqladi.
TIV vakilining so‘zlariga ko‘ra, ayni O‘zbekiston muzokaralarda Afg‘onistondan O‘zbekistonga o‘tgan qochqinlar va qo‘shni mamlakatda yuzaga kelgan vaziyat yuzasidan muzokaralar olib borilyapti.
Muzokaralar O‘zbekiston Qobuldagi elchixonasi vositachiligida olib borilmoqda.
Avvalroq, “Tolibon” hujumidan qochgan 84 nafar Afg‘oniston harbiylari O‘zbekistonga o‘tdi. Ularning orasida jarohatlanganlar ham bo‘lgan.
LiveBarchasi