O‘zbekiston Qirg‘izistonga turkman gazidan ishlab chiqarilgan elektr energiyani yetkazib berdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Qirg‘izistonga turkman gazidan foydalanib ishlab chiqarilgan elektr energiyasini yetkazib berdi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.

2021 yil 11 martda Qirg‘iziston Energetika va sanoat vazirligi hamda O‘zbekiston Energetika vazirligi va Suv xo‘jaligi vazirligi o‘rtasida imzolangan bayonnomaga muvofiq, elektr energiyasini o‘zaro yetkazib berish tasdiqlangan jadvallar asosida amalga oshirilmoqda.

Markaziy Osiyo mintaqasida suv kamligi hisobga olinib, To‘xtagul suv omborining o‘ta og‘ir darajaga tushishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun kelishuvlarga asosan Turkmaniston gazidan ishlab chiqarilgan elektr energiyasi Qirg‘izistonga yetkazib berilgan.

Shartnoma asosidagi kelishuvlarga muvofiq, elektr energiyasini Turkmanistondan Qirg‘izistonga O‘zbekiston energetika tizimi orqali tranzit qilish energetika tizimlarining imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda amalga oshirilmoqda.

Tomonlarning xo‘jalik yurituvchi sub’ektlari o‘rtasida 2023 yilda Turkmaniston elektr energiyasi tranzitini ta’minlashga qaratilgan tegishli shartnomalar imzolangan.

“Ikki mamlakat energetika vazirliklari va energetika korxonalari o‘rtasidagi hamkorlik o‘zaro hurmat va energetika tizimlari ishlash rejimining izchilligi tamoyillari asosida amalga oshirilmoqda”, deyiladi vazirlik xabarida.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

279

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing