O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikiston chegara masalasini muhokama qildi
Olam
−
30 aprel 2023
9768Hukumat delegatsiyalari Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekiston davlat chegaralarining tutashgan joylarini belgilash masalalarini muhokama qildilar. Bu haqda Qirg‘iziston Prezidenti ma’muriyatining matbuot xizmati xabar berdi.
Aytilishicha, joriy yilning 25-29 aprel kunlari Botkenda Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekiston hukumat delegatsiyalarining uchrashuvi bo‘lib o‘tgan. Muzokaralar chog‘ida tomonlar uch mamlakat davlat chegaralarining tutashuv nuqtasini belgilash masalasi bo‘yicha fikr almashgan.
Ta’kidlanishicha, uchrashuv do‘stlik va o‘zaro hamjihatlik muhitida o‘tgan. Natijada tomonlar navbatdagi muzokaralarni Tojikiston hududida o‘tkazishga kelishib olgan.
LiveBarchasi