O‘zbekiston Qirg‘izistonda ikkita maktab quradi

Olam

image

Tegishli kelishuv asosida O‘zbekiston Qirg‘izistonda ikkita maktab qurishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Qirg‘iziston parlamenti Matbuot xizmati xabar berdi.

Joriy yilning 25 oktyabr kuni Jogorku Keneshning Ijtimoiy masalalar, ta’lim, fan, madaniyat va sog‘liqni saqlash qo‘mitasi yig‘ilishida Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi va O‘zbekiston hukumati o‘rtasida respublikada umumta’lim maktablari qurish bo‘yicha kelishuv loyihasi ko‘rib chiqilgan.

Kelishuv asosida O‘zbekiston Botken tumanining Samarkandek va Leylek tumanining Marg‘un qishlog‘ida ikkita maktab qurishni rejalashtirmoqda.

Maktablar 330 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, Qirg‘iziston mulkiga o‘tkaziladi. Shu munosabat bilan Marg‘un qishlog‘idan (0,30 ga) va Samarkandek qishlog‘idan (0,75 ga) yer uchastkalari ajratiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

75

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing