O‘zbekiston Qirg‘iziston chorvasining asosiy xaridori bo‘ldi
Olam
−
14:24 1583 2 daqiqa
Joriy yilning yanvar-iyun oylarida Qirg‘iziston umumiy qiymati 3 million 284,1 ming dollarlik tirik hayvonlarni eksport qilgan. Asosan yirik shoxli chorva mollari eksport qilingan: olti oy davomida xorijga 14 ming 823 bosh yirik shoxli chorva mollari olib chiqilgan. Bu haqda mamlakat Milliy statistika qo‘mitasi xabar berdi.
Jismoniy hajmda yirik shoxli chorva mollarini yetkazib berish hajmi 2025 yilning yanvar-iyun oylariga nisbatan 32 foizga oshgan. Shuningdek, xorijga 84,8 ming dollarlik 194 bosh ot sotilgan. Tabiiy ko‘rsatkichdagi o‘sish 27,6 foizni tashkil etgan.
Tirik uy parrandalari eksporti 5 ming 600 tagacha (umumiy qiymati 3,5 ming dollar) kamaygan. Bu o‘tgan yilgi darajaning bor-yo‘g‘i 24,1 foizini tashkil etdi. Birinchi yarim yillikda qo‘y va echkilarning xorijiy sotuvlari umuman amalga oshirilmagan.
Import qiluvchilar orasida mutlaq yetakchi O‘zbekiston bo‘lgan – mamlakat Qirg‘izistondan olib chiqilgan chorvaning deyarli butun hajmini sotib olgan.
2026 yilning olti oyida Qirg‘izistonga tirik hayvonlar importi 4 million 439,5 ming AQSH dollariga yetgan. Eng katta ulush tirik uy parrandalariga to‘g‘ri kelgan: mamlakatga 1 million 521,9 ming dollarlik 915 ming 169 ta parranda keltirilgan. 2025 yilning yanvar — iyun oylariga nisbatan parranda importi hajmi pul ko‘rinishida 39,2 foizga oshgan. Yirik shoxli chorva mollari importi 1 million 1218,5 ming dollarlik 5 ming 285 boshni tashkil etdi, bu tabiiy ko‘rsatkichda o‘tgan yilgi hajmning 37,5 foiziga teng bo‘lgan.
Otlar xaridi 1 million 62,4 ming dollarlik 1 ming 123 bosh darajasida shakllangan va jismoniy hajmda 37,6 foizgacha kamaygan. Tirik cho‘chqalar importi tabiiy ko‘rsatkichda 2,36 baravarga oshib, 636,7 ming dollarlik 3 ming 464 boshni tashkil etgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Prezidenti go‘sht narxi oshgani haqida gapirib, import bo‘yicha reja tuzishni topshirgan edi.