O‘zbekiston-Qirg‘iziston chegarasida ziddiyat kelib chiqdi
Jamiyat
−
31 May 2020 35033 1 daqiqa
31 may kuni O‘zbekiston-Qirg‘iziston chegarasida joylashgan Chashma bulog‘i oldida ikki mamlakat fuqarolari o‘rtasida ziddiyat kelib chiqqan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining Telegram'dagi kanalida ma’lum qilindi.
Yuzaga kelgan vaziyatni bartaraf etish uchun ikki davlat mahalliy hokimiyatining mas’ul rahbarlari voqea joyida uchrashishgan.
Hozirda vaziyat to‘liq nazoratga olingan. Mojaroning sabab va oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilmoqda, deyiladi xabarda
Live
BarchasiBayden va uning rafiqasi hujumga uchradi
11 Noyabr
Pashinyan Turkiyaga bordi
11 Noyabr