O‘zbekiston-Qirg‘iziston chegarasida uch kishi o‘ldirilgani aytilmoqda
Olam
−
06 may 2022
18060Kecha, 5 may kuni O‘zbekiston chegarachilari Qirg‘izistonning uch nafar fuqarosiga qurol ishlatgani aytilmoqda. Bu haqda qirg‘iz OAV Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi Chegara xizmatiga tayanib, xabar berdi.
Hodisa Jalolobod viloyati Ala-Bo‘ka tumani “Aktam” MFY Doboqo‘rg‘on massivida sodir bo‘lgan. Uch nafar qirg‘izistonlik o‘qdan jarohat olgan, ular Ala-Buka tumanidagi shifoxonaga yetkazilgan. O‘sha yerda hushlariga kelmay vafot etgan.
“Hodisa tafsilotlariga oydinlik kiritish maqsadida Qirg‘iziston Respublikasining Ala-Buka yo‘nalishidagi chegara vakili O‘zbekistonning Yangi-Qo‘rg‘on yo‘nalishidagi chegara vakili bilan uchrashuv o‘tkazdi. Tomonlar ichki tekshiruvlar natijalariga ko‘ra uchrashuvni 6 may kuni davom ettirishga kelishib oldilar. Holat yuzasidan tergov-tezkor tadbirlari boshlangan”, deyiladi xabarda.
LiveBarchasi