O‘zbekiston qaysi davlatlardan ko‘p narsa sotib olmoqda?

Jamiyat

image

O‘zbekiston importida 2025 yilning yanvar-avgust oylarida Xitoy va Rossiya yetakchilik qildi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, yuqoridagi davr mobaynida O‘zbekistonning umumiy import hajmi 28,5 milliard AQSH dollariga yetgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 11,8 foizga ko‘p. Hisobot davrida O‘zbekiston 170 dan ortiq davlatlardan turli xil tovar va xizmatlarni import qilgan.

Import hajmi bo‘yicha Xitoy birinchi o‘rinni egallab, O‘zbekistonga 8,5 milliard dollarlik mahsulot yetkazib bergan. Ikkinchi o‘rinda Rossiya – 5,4 milliard dollar, uchinchi o‘rinda esa Qozog‘iston – 2,1 milliard dollar bilan qayd etilgan.

Shuningdek, Turkiya (1,2 mlrd), Koreya Respublikasi (1,1 mlrd), Germaniya (774 mln), Hindiston (734,3 mln), Turkmaniston (581,6 mln), Belarus (478,5 mln) va AQSH (416,3 mln) ham O‘zbekistonning asosiy import hamkorlari qatorida bo‘ldi. Qolgan davlatlar bilan amalga oshirilgan importning umumiy qiymati 7,2 milliard dollarni tashkil etgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Markaziy Osiyo mamlakatlari Fors ko‘rfazidan import qilinadigan tovarlar hajmini oshirgani xabar qilindi. O‘tgan yili mintaqa va Fors ko‘rfazi mamlakatlari o‘rtasidagi o‘zaro savdo hajmi 3,3 milliard dollarni tashkil etgan. Markaziy Osiyoning besh davlati: Quvayt, Bahrayn, Qatar, BAA, Ummon va Saudiya Arabistoni bilan savdo hajmi 2020 yilga nisbatan 4,2 barobarga oshgan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya O'zbekiston Xitoy import

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing