O‘zbekiston Qatarga ta’ziya yo‘lladi

Jamiyat

image

Avvalroq, Misrning Sharm-al-Shayx shahrida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasida G‘azodagi vaziyat bo‘yicha muzokaralarda ishtirok etayotgan Qatar delegatsiyasining uch nafar a’zosi halok bo‘lgani xabar qilingandi. Hodisa yuzasidan O‘zbekiston Qatarga ta’ziya yo‘lladi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Ahror Burhonov ma’lum qildi.

Uning yozishicha, YTH oqibatida Qatar Amiri devoni xodimlaridan uch nafari fojiali tarzda halok bo‘lgani haqidagi xabarni rasmiy Toshkent chuqur qayg‘u bilan qabul qilgan. U Qatar hukumatiga va xalqiga, shuningdek, halok bo‘lganlarning oila a’zolari hamda yaqinlariga hamdardlik bildirgan.

“Qatar hukumati va xalqiga, shuningdek, halok bo‘lganlarning oila a’zolari hamda yaqinlariga chuqur hamdardligimizni bildiramiz. Ushbu hodisada jarohat olganlarga tezroq sog‘ayib ketishlarini tilaymiz”, deya yozgan TIV so‘zlovchisi.

Ma’lumot uchun, mazkur YTH 11 oktyabr kuni sodir bo‘lgan.“Associated Press” xabariga ko‘ra, diplomatlar Qatar protokol guruhidan bo‘lgan. Ularning ismi Abdulloh ibn G‘anim Al-Xayarin, Hasan Al-Jobir va Saud bin Tamer Al-Tan edi. Yana uch kishi jarohat olib, Sharm-al-Shayx xalqaro shifoxonasining jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan. Misrlik jurnalist Amr Adib ham MBC Egypt telekanalidagi “Al-Xekaya” dasturida voqea Sharm al-Shayxdan 50 km uzoqlikda sodir bo‘lganini xabar qildi. 


Maqola muallifi

Teglar

TIV O'zbekiston ta'ziya Qatar Ahror Burhonov Abdulloh ibn G'anim Al-Xayarin Hasan Al-Jobir Saud bin Tamer Al-Tan

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing