O‘zbekiston Qahramoni Anatoliy Panin 72 yoshida vafot etdi

Jamiyat

image

Navoiy kon-metallurgiya kombinatida fidokorona xizmat qilgan ekskavatorchi-mashinist, mehnat faxriysi, O‘zbekiston Qahramoni Anatoliy Nikolayevich Panin shu yil 21 oktyabrda 72 yoshida vafot etdi.

Anatoliy Panin 1949 yil 12 mart kuni  tug‘ilgan. O‘rta maktabni tugatib, dastlab Don shahridagi kasb-texnika maktabida, keyinchalik Navoiy kasb-hunar texnikumida tahsil olgan.

Anatoliy Panin Navoiy kon-metallurgiya kombinatining Shimoliy kon boshqarmasiga qarashli “Sharqiy” karerida ish boshlab, ko‘p yillar davomida ekskavator mashinisti, mashinistlar brigadiri, uchastka ustasi vazifalarida samarali xizmat qildi.

Uning mehnatlari e’tirof etilib, 1995 yilda O‘zbekiston Qahramoni oliy unvoni hamda “Oltin yulduz” medali bilan mukofotlangan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Anatoliy Panin

Baholaganlar

222

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar