O‘zbekiston ijtimoiy davlat deb e’lon qilinmoqda
Jamiyat
−
09 mart 2023
14939O‘zbekiston ijtimoiy davlat deb e’lon qilinmoqda. Bu haqda bugun, 9 mart kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi yalpi majlisida deputat Jahongir Shirinov so‘z ochdi.
Yalpi majlisda “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi referendumini o‘tkazish haqida”gi qaror qabul qilinishi kutilmoqda.
Shirinov, majlisda, Konstitutsiyaga kiritilayotan konseptual o‘zgartishlarga qisqacha to‘xtalib o‘tdi.
Uning qayd etishicha, Konstitutsiyada ilgari amal qilib kelingan “davlat – jamiyat – inson” tamoyilini “inson – jamiyat – davlat” deb o‘zgartirish, ya’ni eng avvalo inson manfaatini har narsadan ustun qo‘yishni maqsad qilinmoq.
“O‘zbekiston ijtimoiy davlat deb e’lon qilinmoqda. Davlatning ijtimoiy majburiyatlariga oid normalar qariyb uch baravarga ortmoqda. Jumladan, fuqarolarning ijtimoiy jihatdan ehtiyojmand toifalari uy-joy bilan ta’minlanishi, mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori insonga munosib yashashini ta’minlashni hisobga olgan holda belgilanishi, fuqarolarning tibbiy yordamning kafolatlangan hajmini davlat hisobidan olishga haqliligi va boshqalar belgilanmoqda. Boshqacha aytganda, ijtimoiy davlatga xos bo‘lgan barcha elementlar Konstitutsiyamizda aks ettirilmoqda”, deydi Shirinov.
Deputatning ma’lum qilishicha, endilikda o‘zgartirilayotgan Konstitutsiyada nogironligi bo‘lgan shaxslarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashni nazarda tutuvchi qoidalar yanada takomillashtirilmoqda. Jumladan, davlat nogironligi bo‘lgan shaxslarning ijtimoiy, iqtisodiy hamda madaniy sohalar ob’ektlari va xizmatlaridan to‘laqonli foydalanishi uchun shart-sharoit yaratishi, ularning ishga joylashishiga, ta’lim olishiga ko‘maklashishi, zarur axborotni to‘sqinliksiz olish imkoniyatini ta’minlashi mustahkamlangan.
Ma’lumot uchun, Konstitutsiyaviy qonun loyihasi yuzasidan aholidan 220 mingdan ziyod takliflar kelib tushgan. Qonun loyihasi bilan amaldagi Konstitutsiyaning moddalari 128 tadan 155 taga, uning normalari esa 275 tadan 434 taga ko‘paymoqda, ya’ni Konstitutsiya qariyb 65 foizga yangilanmoqda. Amaldagi 128 ta moddadan 91 tasiga konseptual o‘zgartirishlar kiritilmoqda.
LiveBarchasi