“O‘zbekiston-Ispaniya” yo‘nalishida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilishi mumkin

Olam

image

O‘zbekistonning Madriddagi elchixonasida Ispaniya sayyohlik kompaniyalaridan biri bilan ikki davlat o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri va charter reyslarini yo‘lga qo‘yish muhokama qilindi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston elchixonasida Ispaniyaning “Unincoming Tour SL” sayyohlik kompaniyasi bosh direktori, Valensiyadagi “Silkway SL” Ispaniya-O‘zbekiston savdo va sarmoya uyining rahbari o‘rinbosari Oskar Latso bilan uchrashuv bo‘lib o‘tgan.

Uchrashuvda Ispaniyadan O‘zbekistonga to‘g‘ridan-to‘g‘ri va charter havo qatnovlarini yo‘lga qo‘yish hamda O‘zbekistonning sayyohlik salohiyatini Ispaniya va Lotin Amerikasi hududlarida targ‘ib qilish orqali, sayyohlik oqimini oshirish to‘g‘risida muhokamalar bo‘lib o‘tdi. Shuningdek, bu loyiha doirasida mutasaddi tashkilotlar, ushbu sohadagi kompaniyalar, ommaviy axborot vositalari vakillari uchun infotur tashkil etish muhokama qilindi.

Bundan tashqari, 2023 yil 17-24 mart kunlari 26 nafar guruh a’zolari uchun “Madrid-Istanbul-Toshkent-Samarqand-Buxoro-Xiva-Urganch-Istanbul-Madrid” yo‘nalishi bo‘yicha infotur rejalashtirilgani, ushbu guruh tarkibidan Ispaniya va Meksika tur agentlari, blogerlar, yutuberlar, inflyuyenserlar va OAV vakillari joy olgani ma’lum qilindi.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing