O‘zbekiston-Ispaniya: hukumatlararo komissiyaning birinchi yig‘ilishi o‘tkaziladi

Jamiyat

image

O‘zbekiston-Ispaniya savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning birinchi yig‘ilishi hamda O‘zbekiston va Ispaniya yetakchi kompaniyalari ishtirokida biznes forumi o‘tkaziladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov va Ispaniya Qirolligining Favqulodda va muxtor elchisi (qarorgohi Moskva shahrida) etib tayinlangan Fernando Valderrama Parexani o‘rtasida kechgan muloqotda so‘z borgan. 

Abdulaziz Komilov yangi tayinlangan elchidan ishonch yorliqlarini qabul qilib, uni ushbu lavozimga tayinlangani bilan tabrikladi va ikki mamlakat o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni mustahkamlashda unga muvaffaqiyatlar tiladi. 

Uchrashuvda siyosiy, parlamentlararo, iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda O‘zbekiston-Ispaniya muloqotini yanada rivojlantirish istiqbollari ko‘rib chiqildi. 

Muzokaralar doirasida o‘zaro manfaat kasb etadigan boshqa masalalar ham muhokama qilindi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston-Ispaniya

Baholaganlar

8

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing