O‘zbekiston internet reytingida qachon ko‘tariladi?

Jamiyat

image

O‘zbekiston aslida reytingda ancha yuqori o‘rinda bo‘lishi kerak. Chunki qo‘shni mamlakatlarda masalan, 4G internetning o‘zi yo‘q. 

Bu haqda «O‘zbektelekom» AK matbuot kotibi Aleksandr Suchkov Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi anjumanlar zalida «Telekommunikatsiya sohasini rivojlantirishning dolzarb masalalari» mavzusida jurnalistlar bilan ochiq muloqotda ta’kidlagan.

"Ayrim reytinglarni ko‘rib, nega bu qadar past pog‘onada ekanimizga o‘zimiz ham hayron qolamiz. Internet tezlashganini aholi nima uchun sezmayapti? Chunki ularning uylariga, ofislariga o‘rnatilgan qurilmagan bu tezlikka javob bermaydi. Tasavvur qiling: sizga trassada soatiga 200 km tezlik bilan harakatlanish ruxsat etilgan bo‘lsayu sizning transportingiz bu tezlikka moslashmagan bo‘lsa, befoyda. Avval qurilmani almashtirish kerak", degan Aleksandr Suchkov.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

77

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing