O‘zbekiston internet “bo‘g‘ilgan” davlatlar qatoriga kiritildi

Jamiyat

image

Markaziy Osiyo davlatlari erkin bo‘lmagan internetga ega mamlakatlar guruhiga kirdi. Bu haqda “Freedom House ” xalqaro tashkilotining internet erkinligi bo‘yicha yillik hisobotida keltirilgan.

Tashkilot ma’lumotlariga ko‘ra, Qirg‘iziston hamon mintaqada internet hech bo‘lmaganda qisman erkin bo‘lgan yagona davlat – 70 mamlakat ichida 36-o‘rinni (53 ball) egallagan.

Qayd etilishicha,  norozilik namoyishlari chog‘ida mobil va simli internetdan foydalanish cheklangan Qozog‘iston va O‘zbekiston internet erkin bo‘lmagan mamlakatlar bo‘lib qolmoqda. Mos ravishda Qozog‘iston 53-o‘rin (32 ball) va O‘zbekiston esa 60-o‘rinni (27 ball) band qilgan.

Tojikiston va Turkmaniston esa bu reytingda umuman yo‘q.

Joriy reyting “Freedom House ” tomonidan 2021 yil 1 iyundan 2022 yil 31 maygacha olingan ma’lumotlar asosida tuzilgan.

Reyting ishtirokchilari uchta asosiy mezon bo‘yicha baholangan: Internetga kirishdagi to‘siqlar, kontentga kirishdagi cheklovlar va foydalanuvchi huquqlarining buzilishi.

Eng erkin internetga ega beshta davlat: Islandiya (95 ball), Estoniya (93 ball), Kosta-Rika (88 ball), Kanada (87 ball), Tayvan (79 ball) va Buyuk Britaniya (79 ball). Sakkizinchi yil ketma-ket so‘nggi o‘rinda Xitoy (10 ochko) joylashgan.

Hisobot mualliflari internetdagi global erkinlik ketma-ket o‘n ikkinchi yil pasayganini ta’kidlamoqda. O‘tgan yil davomida 28 ta davlatda vaziyat yomonlashgan, 26 tasida esa yaxshilangan.

Joriy yilning 1-2 iyul kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahrida ayrim fuqarolar O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan konstitutsiyaviy islohotlarni noto‘g‘ri talqin qilib, kutilmaganda namoyishlar uyushtirgan edi. Qayd etish joizki, ushbu namoyishlar fonida Qoraqalpog‘istonda bir necha kun internet aloqasi bo‘lmagan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

192

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing