O‘zbekiston ingliz tili bo‘yicha reytingda 93-o‘rinni egalladi
Bu qiziq
−
15 noyabr 2023
5956O‘zbekiston ingliz tilini bilish darajasini ko‘rsatuvchi ro‘yxatda 93-o‘rinni egalladi va juda past ko‘rsatkich qayd etdi. Bu haqda EF Standard English Test bepul onlayn til testi natijalarida ma’lum qilingan.
Ushbu reytingda umumiy hisobda 113 ta mamlakat ishtirok etgan va u dunyo bo‘ylab 2,2 million ishtirokchini qamrab olgan. Tadqiqot 2023 yilda o‘tkazilgan test natijalariga asoslangan.
Ro‘yxatda Niderlandiya birinchi, Singapur ikkinchi va Avstriya uchinchi o‘rinni band qilgan. Ingliz tilini bilish darajasi eng past ko‘rsatkich esa Kongo Demokratik Respublikasiga tegishli.
Markaziy Osiyo davlatlari esa reytingda quyidagi o‘rinlarni egallagan:
• Qirg‘iziston 90-o‘rin;
• Qozog‘iston 104-o‘rin;
• Tojikiston 112-o‘rin.
Turkmaniston esa ro‘yxatga kiritilmagan. Afg‘oniston reytingi Markaziy Osiyo davlatlaridan yaxshiroq bo‘lib, 88-o‘rindan joy olgan.
Statistikaga ko‘ra, 2014 yilda ushbu tilni o‘rganish bo‘yicha ayollarning ko‘rsatkichi yuqori bo‘lgan. Ammo 2023 yilga kelib bu tendensiya o‘zgardi va erkaklar yetakchilikni qo‘lga oldi.
Shuningdek, Yevropa eng yaxshi natijani, Yaqin Sharq esa eng past ko‘rsatkichni qayd etgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston internet tezligi bo‘yicha tuzilgan reytingda 141 davlat orasida 100-o‘rinni egallagan edi.