O‘zbekiston ilm-fani og‘ir judolikka uchradi
Jamiyat
−
12 Oktabr 2020
12756Chorvachilik sohasi rivojlanishida o‘zining katta hissasini qo‘shgan zabardast va buyuk olim, "O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan fan arbobi”, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor, akademik Shavkat Asamovich Akmalxonov kecha, 11 oktyabrda 87 yoshida vafot etdi.
Shavkat Akmalxonov 1933 yil 18 avgust kuni Toshkent shahrida ziyoliylar oilasida tavallud topgan. 1956 yili Samarqand qishloq xo‘jalik institutini olim zootexnik mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.
1956-1958 yillar mobaynida Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumani moddiy-texnik ta’minoti tashkilotida zootexnik lavozimida mehnat faoliyatini boshlagan. 1958-1961 yillarda O‘zbekiston chorvachilik ilmiy-tadqiqot institutining aspirantura bo‘limiga o‘qishga kirgan. 1961-1963 yillarda shu institutda katta ilmiy xodim, 1963-1984 yillar mobaynida institut direktorining ilmiy ishlar bo‘yicha muovini, 1984-1990 yillar mobaynida O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi akademiyasi vitse-prezidenti bo‘lib ishlagan. 1990-2006 yillarda "Plemelita" ilmiy ishlab-chiqarish birlashmasi O‘zbekiston chorvachilik ilmiy-tadqiqot institutining Sut ishlab chiqarish va qishloq xo‘jalik hayvonlarini oziqlantirish laboratoriyasi mudiri bo‘lgan. 2006-2014 yillarda loyiha rahbari bo‘lib ishlagan. 2014 yildan hozirgi vaqtgacha institutda yetakchi ilmiy xodim sifatida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda edi.
Buyuk olim o‘z mehnati faoliyati davomida 10 ga yaqin doktorlik ishlariga, 20 dan ortiq nomzodlik ishlariga rahbarlik va opponentlik qilgan.
LiveBarchasi