O‘zbekiston ilm-fani og‘ir judolikka uchradi

Jamiyat

image

Eksperimental yadro fizikasi sohasida tanilgan olim, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi Tolib Musayevich Mo‘minov joriy yilning 22 dekabr kuni 78 yoshida vafot etdi.

Tolib Mo‘minov 1943 yil 10 yanvarda Samarqand shahrida tug‘ilgan. Samarqand davlat universitetining fizika fakultetida tahsil olgan.

1992–1995 yillari Samarqand davlat universiteti rektori lavozimida faoliyat olib borgan.

200 dan ortiq ilmiy ishlari chop qilingan. 22 nomzodlik va 3 doktorlik dissertatsiyalariga rahbarlik qilgan.

Abu Rayhon Beruniy nomidagi davlat mukofoti, “Shuhrat” ordeni bilan taqdirlangan.

Avvalroq Atoqli fizik olim, O‘zbekiston Fanlar akademiyasining akademigi Temurbek Usmonov 79 yoshida vafot etgani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

Tolib Mo'minov

Baholaganlar

387

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar