O‘zbekiston ikki davlat bilan mahkumlarni topshirish bo‘yicha shartnoma tuzdi
Jamiyat
−
26 Oktabr 2023
18689O‘zbekiston Italiya va Eron bilan mahkumlarni topshirish bo‘yicha shartnomalarni ratifikatsiya qildi. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari mazkur qonun loyihasini ko‘rib chiqib, qabul qildi.
Ma’lum bo‘lishicha, deputatlar tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi bilan Italiya Respublikasi o‘rtasida jinoiy ishlar bo‘yicha o‘zaro huquqiy yordam to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qilish haqida”gi qonun loyihasi qabul qilingan.
Shu bilan birga:
- “O‘zbekiston Respublikasi bilan Italiya Respublikasi o‘rtasida mahkumlarni topshirish to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qilish haqida”gi qonuni loyihasi;
- “O‘zbekiston Respublikasi bilan Italiya Respublikasi o‘rtasida ushlab berish to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qilish haqida”gi qonun loyihasi ham ko‘rib chiqilib, tasdiqlangan.
Bundan tashqari:
- “O‘zbekiston Respublikasi bilan Eron Islom Respublikasi o‘rtasida mahkumlarni topshirish to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qilish haqida”gi qonun loyihasi;
- “O‘zbekiston Respublikasi bilan Vetnam Sotsialistik Respublikasi o‘rtasida jinoiy ishlar bo‘yicha o‘zaro huquqiy yordam to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qilish haqida”gi qonun loyihasi ham Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan qabul qilingan.
LiveBarchasi