O‘zbekiston iqtisodi 9 oyda qanchaga o‘sgani ochiqlandi

Jamiyat

image

Bugun, 20 oktyabr kuni Oliy Majlis Senatining yigirmanchi yalpi majlisida 2017 – 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturining 2021 yilning uchinchi choragidagi ijrosi bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining hisoboti eshitildi.

Hisobotga ko‘ra, 2021 yilning yanvar-sentyabr oylarida yalpi ichki mahsulot o‘sishi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 106,9 foizni, jumladan, sanoat – 109,0 foizni, xizmatlar – 107,6 foizni, qishloq xo‘jaligi – 104,2 foizni tashkil qilgan. Savdo aylanmasi hajmi 167,0 trln so‘mga yetib, o‘tgan yilga nisbatan 109,8 foizga o‘sgan.

Qayd etilishicha, aholi bandligini ta’minlash, yoshlar va ayollarni qo‘llab-quvvatlash, ularni tadbirkorlikka keng jalb etish maqsadida 90,2 ming nafar fuqaro jumladan, 48,6 ming nafardan ortiq yoshlar hamda 59,6 ming nafar ayol kasb-hunarga, tadbirkorlikka o‘qitilgan.

“Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan 28,6 ming ishsiz fuqaroga 58 mlrd 900 mln so‘m subsidiya ajratilgan. “Yoshlar daftari”ga kiritilganlarning xorijiy tillar va umumta’lim fanlari bo‘yicha nodavlat ta’lim tashkilotlarida o‘qish xarajatlarining bir qismini hamda ular bo‘yicha milliy sertifikatlar olish uchun o‘tkaziladigan imtihonlarni topshirish xarajatlarini qoplab berish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatish yo‘lga qo‘yilgan.

“Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlarida ko‘zda tutilgan chora-tadbirlarni moliyalashtirish uchun respublika byudjetidan 9 trln 800 mlrd so‘m sarflangan hamda mahalliy byudjetlarga aynan shu maqsadlar uchun 301 mlrd so‘m ssuda ajratilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

83

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing