O‘zbekiston GovTech indeksida top-10 likka kirdi

Jamiyat

image

Jahon banki tomonidan e’lon qilib boriladigan Davlatlarning texnologik yetuklik indeksi (GovTech Maturity Index, GTMI) 2025 natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston 9-o‘rinni egalladi. Bu haqda Jahon banki hisobotida keltirilgan.

Unga ko‘ra, 2020 yilga nisbatan O‘zbekiston 71 pog‘onaga yuqorilab, indeks qiymatini 0,617 dan 0,958 ga yetkazgan. Natijada O‘zbekiston A guruhi – “GovTech’ning yuqori darajadagi yetukligi” (Extensive GovTech Maturity) toifasida o‘z o‘rnini mustahkamlagan.

Indeks davlat boshqaruvida raqamli transformatsiya darajasini to‘rtta yo‘nalish bo‘yicha baholaydi: asosiy davlat tizimlari, onlayn davlat xizmatlarini ko‘rsatish, fuqarolarning raqamli ishtiroki hamda GovTech rivojlanishini qo‘llab-quvvatlovchi omillar. 

2025 yilgi natijalarga ko‘ra, O‘zbekiston Markaziy Osiyoda 1-o‘rinni egallagan. Shuningdek, reytingda yuqori o‘rinni egallagan top-10 mamlakatlar – Janubiy Koreya, Avstraliya, Hindiston, Kanada kabi davlatlar qatoridan joy olgan.

Shuningdek, GTMI natijalari O‘zbekistonning so‘nggi yillarda izchil o‘sish dinamikasini yaqqol namoyon etadi. Xususan, 2020 yilda O‘zbekiston 80-o‘rinda (0,617 ball) qayd etilgan bo‘lsa, 2022 yilda 43-o‘ringa (0,813 ball) ko‘tarilgan, 2025 yilda esa 9-o‘rinni (0,958 ball) egallagan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Iqtisodiyot va tinchlik instituti (Institute for Economics & Peace, IEP) mamlakatlarning xavfsizlik va tinchlik darajasini baholovchi Global Peace Index 2025 reytingini e’lon qilgandi. Unda O‘zbekiston o‘tgan yilgidan 2 pog‘ona ko‘tarilgan va umumiy reytingda 64-o‘rinni egallagan.


Maqola muallifi

Teglar

GovTech GovTech Maturity Index

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar