O‘zbekiston futzal terma jamoasi dunyo reytingida yuqoriladi
Sport
−
11 oktabr 2022 7509 1 daqiqa
Xabaringiz bor, Quvayt mezbonlik qilgan futzal bo‘yicha Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi 3-o‘rinni qo‘lga kiritgandi. Ushbu natijadan so‘ng Bahodir Ahmedov shogirdlari dunyo reytingida ikki pog‘ona yuqorilab, 21-o‘rindan joy olishdi.
Yangilangan reytingda o‘zbekistonlik futzalchilar 1284 ochko bilan Osiyo jamoalari orasida 3-o‘rinni band etishgan. Osiyo chempionati g‘olibi Yaponiya reytingda 13-o‘rinni egallagan bo‘lsa, eronlik futzalchilar 7-o‘rindan joy olishdi.
Oktyabr oyi reytingida Braziliya terma jamoasi 1794 ochko bilan Ispaniyani quvib o‘tib, peshqadamlikni qo‘lga oldi. 1750 ochko bilan Portugaliya kuchli uchlikni yakunlab berdi.
Shaxzod Shukurov
Live
BarchasiSariosiyoda terroristik guruh ushlandi
08 avgust