O‘zbekiston futbol klublaridagi davlat ulushi sotuvga qo‘yiladi

Sport

image

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Futbol klublari faoliyatining samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 261-son qarori qabul qilindi. Unga ko‘ra, endilikda futbol klublaridagi davlat ulushi sotuvga qo‘yiladi. Bu haqda “Norma” xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, O‘zbekistonda futbol sohasini rivojlantirish va futbol klublari faoliyatining samaradorligini oshirish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Respublikada futbolni rivojlantirishni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5887-son Farmoniga muvofiq, futbol klublarining ustav kapitalidagi davlat ulushlari davlat organlari va kompaniyalarga (ro‘yxat bo‘yicha) beriladi va keyinchalik belgilangan tartibda sotiladi.

Xabarga ko‘ra, mazkur qaror ilovasida keltirilgan davlat organlari va xo‘jalik jamiyatlariga, Turizm va sport vazirligi hamda tegishli hokimliklar bilan birgalikda, bir oy muddatda futbol stadionlaridan samarali foydalanish va ularning rentabelligini oshirish belgilangan. Buning uchun esa, aynan shu talablar bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqib tasdiqlash topshirilgan. Ushbu “Yo‘l xaritasida” esa quyidagilar nazarda tutiladi:

  • Birinchidan, davlat va xususiy sheriklik shartlari asosida futbol stadionlarini rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va obodonlashtirish, shuningdek ularning yil davomida doimiy faoliyat yuritishini ta’minlash;
  • Ikkinchidan, stadionlarda yil davomida o‘tkaziladigan sport tadbirlari (musobaqalar, sport to‘garaklari), konsert va boshqa ommaviy tadbirlar sonini ko‘paytirish;
  • Uchinchidan, stadion hududida umumiy ovqatlanish joylari (kafe, restoran), sport do‘konlari, ko‘ngilochar joylarni (kinoteatr) tashkil etish.
  • Sardor To‘lanboyev

Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

235

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing