O‘zbekiston fuqarosiga hujum qilgan ikki rossiyalik qamaldi
Jamiyat
−
15 mart 2021
17864Sankt-Peterburgning Krasnogvardeyskiy tuman sudi millatchilik tufayli O‘zbekiston fuqarosiga hujum qilgan ikki kishini qamoq jazosiga hukm qildi. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xabar bermoqda.
Rossiya Federatsiyasi fuqarolari hisoblangan V.Smolikov va R.Kulev 2019 yil sentyabrda Sredneoxtinskiy prospektidagi uylardan biri yonida O‘zbekiston fuqarosiga aerozol balloni va pichoq bilan hujum qilishi oqibatida u og‘ir ahvolda kasalxonaga yotqizilgan edi.
“Qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish” moddasi bo‘yicha ayblangan V.Smolikov 5 yilga, R.Kulev esa 5 yilu 2 oyga qamaldi. Ular jazoni qat’iy rejimdagi koloniyada o‘taydi.
“Interfaks” nashrining xabariga ko‘ra, jinoyat sodir etilgan paytda Kulev 24 yoshda va Bauman nomidagi Moskva davlat texnika universitetining oltinchi kursida tahsil olgan. Smolikov esa 18 yoshda bo‘lib, hech qayerda o‘qimagan va ishlamagan.
LiveBarchasi