O‘zbekiston fuqarosi Qozog‘istonda pasportini oldirib qo‘ydi

Jamiyat

image

Qozog‘istonda pasportini oldirib qo‘ygan O‘zbekiston fuqarosiga Vatanga qaytish guvohnomasi berildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi xabar bermoqda. 

Gap shundaki, O‘zbekiston fuqarosi Jasurbek Toshpulatov joriy yilning 25 mart kuni O‘zbekistonning Olma-ota shahridagi Bosh konsulxonasiga murojaat qilgan. U  hisobga qo‘yib berish bahonasida olib qo‘yilgan va qaytarib berilmagan o‘zining milliy pasportini qaytarib olishida yordam so‘ragan. 

O‘rnatilgan tartibdan kelib chiqqan holda 30 mart kuni unga Vatanga qaytish guvohnomasi berilgan. Shu bilan birga u pasportining qonunga xilof tarzda olib qo‘yilgani haqida ariza bersa, mazkur masala Qozog‘iston huquqni muhofaza qilish organlari bilan hamkorlikda ko‘rib chiqiladi. 

Yuqoridagi kabi holatlatdan kelib chiqqan holda TIV Konsullik-huquqiy departamenti xorijga chiquvchi o‘zbekistonliklarga hech bir holatda va har qanday vajga qaramay O‘zbekiston fuqarosi pasportini begona shaxslarga bermaslik kerakligini eslatadi.
 


Maqola muallifi

Teglar

Pasport

Baholaganlar

32

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing